BOSH MIYA QON AYLANISHI OʻTKIR BUZILISHI ISHEMIK TURIDA DIFFUZION VA PERFUZION VAZNLI MAGNITO-REZONANS TOMOGRAFIYA
Keywords:
Ushbu amaliyot 20 ta bemor ustida amalga oshirildi. Ishemik insultning neyrovizualizatsiyasida hozirgi vaqtda mavjud boʻlgan usullar orasida eng yetakchi rolni magnitorezonans tomografiya (MRT), xususan uning diffuzion vaznli (DV-MRT) va perfuzion vaznli (PV-MRT) usullari egallab, zararlanish oʻchogʻi rivojlangandan keyin birinchi minutlardayoq koʻrsatadi va miyaning turli sohalaridagi qon aylanish holatini baholaydiAbstract
Oxirgi oʻn yillikda oʻtkir ishemik insultning erta diagnostikasini
yaxshilash maqsadida neyrovizualizatsiya usullarining sezilarli rivojlanishi kuzatilmoqda.
Magnito-rezonans tomografiya ishemik insultda va trombolizisga qarshi koʻrsatmalarni
baholashda koʻp qoʻllaniladi. Shifokorlarning ishemik insultda (II) urinishlari infarkt zonasini
oʻrab olgan, qayta tiklanish funksiyalariga ega boʻlgan, miya toʻqimasida struktur oʻzgarishlar
boʻlmagan – ishemik yarim soya (penumbra) ni saqlashga yoʻnaltirilgan. Ishemik insultbilan
kasallanganlar 64,4% ni tashkil etib, ushbu usullarni qo’llash bizga 70-80% aniqlikni beradi.
Downloads
Published
2025-07-10
Issue
Section
Articles