RAHBARLAR VA MENEJERLAR TOMONIDAN BOSHQARUV FAOLIYATIDA QO'LLANILADIGAN BOSHQARUV USLUBLARINI BAHOLOVCHI SAYTNING AFZALLIKLARI
Keywords:
LEADERMIND platformasining rahbar va menejerlarga boshqaruv uslublarini ilmiy asoslangan metodlar va psixologik baholashlar yordamida tahlil qilish va rivojlantirishdagi ahamiyatini o‘rganish. Yetakchilik samaradorligining tashkilot muvaffaqiyatiga qanday ta’sir qilishi va ushbu platformaning bunda qanday rol o‘ynashini aniqlash.Abstract
Zamonaviy tashkilotlarda samarali yetakchilik muvaffaqiyatning muhim omili
hisoblanadi. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, kuchli yetakchilik kompaniya samaradorligini
oshiradi va xodimlar ishtirokini ta'minlaydi. Ammo ko‘plab rahbar va menejerlar o‘z
boshqaruv uslublarini baholashda va takomillashtirishda qiyinchiliklarga duch keladilar.
Shu muammoni bartaraf etish uchun LEADERMIND platformasi ishlab chiqilgan
bo‘lib, u raqamli vositalar orqali rahbarlik ko‘nikmalarini baholash va rivojlantirishga
xizmat qiladi.
References
LEADERMIND platformasi rahbarlikni baholash va rivojlantirishda
zamonaviy, ilmiy va texnologik yondashuvni taklif etadi. Platformaning sun’iy
intellektga asoslangan shaxsiylashtirilgan tizimi rahbarlar va menejerlarning kuchli va
zaif tomonlarini aniqlab, ularni professional o‘sishga yo‘naltiradi. Ushbu yechim
tashkilotlarning uzoq muddatli muvaffaqiyatiga xizmat qiladi va yetakchilik salohiyatini
rivojlantirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.