BOSH MIYA QON AYLANISHI OʻTKIR BUZILISHI ISHEMIK TURIDA DIFFUZION VA PERFUZION VAZNLI MAGNITO-REZONANS TOMOGRAFIYA

Authors

  • Boqiyev Jahongir Nodirjon oʻgʻli Toshkent Tibbiyot Akademiyasi 1-davolash ishi fakulteti Ilmiy rahbar: katta o‘qituvchi Xodjamova G.A.. Author

Keywords:

Ushbu amaliyot 20 ta bemor ustida amalga oshirildi. Ishemik insultning neyrovizualizatsiyasida hozirgi vaqtda mavjud boʻlgan usullar orasida eng yetakchi rolni magnitorezonans tomografiya (MRT), xususan uning diffuzion vaznli (DV-MRT) va perfuzion vaznli (PV-MRT) usullari egallab, zararlanish oʻchogʻi rivojlangandan keyin birinchi minutlardayoq koʻrsatadi va miyaning turli sohalaridagi qon aylanish holatini baholaydi

Abstract

Oxirgi oʻn yillikda oʻtkir ishemik insultning erta diagnostikasini

yaxshilash maqsadida neyrovizualizatsiya usullarining sezilarli rivojlanishi kuzatilmoqda.

Magnito-rezonans tomografiya ishemik insultda va trombolizisga qarshi koʻrsatmalarni

baholashda koʻp qoʻllaniladi. Shifokorlarning ishemik insultda (II) urinishlari infarkt zonasini

oʻrab olgan, qayta tiklanish funksiyalariga ega boʻlgan, miya toʻqimasida struktur oʻzgarishlar

boʻlmagan – ishemik yarim soya (penumbra) ni saqlashga yoʻnaltirilgan. Ishemik insultbilan

kasallanganlar 64,4% ni tashkil etib, ushbu usullarni qo’llash bizga 70-80% aniqlikni beradi.

Downloads

Published

2025-07-10