BO‘LAJAK MUSIQA O‘QITUVCHILARI VA MAKTAB O‘QITUVCHILARI FAOLIYATIGA RAQAMLI METODIKANI INTEGRATSIYALASHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI

Authors

  • G.M. Davronova SamDPI dotsenti Author

Keywords:

raqamli metodika, metodik-raqamli integratsiya, musiqa ta’limi, bo‘lajak musiqa o‘qituvchilari, metodik-loyihaviy kompetensiya, raqamli metodik mahsulot, “Oliy ta’lim – Maktab” modeli, integrativ loyihalash, raqamli platformalar, qayta aloqa, ta’limda raqamlashtirish, interaktiv mashqlar, sun’iy intellekt, musiqa o‘qitish metodikasi, uzviylik.

Abstract

Mazkur tadqiqot ishida bo‘lajak musiqa o‘qituvchilari va maktab o‘qituvchilari faoliyatiga raqamli metodikani integratsiyalashning ilmiy-nazariy asoslarini yoritishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda “Oliy ta’lim – Maktab” metodik-raqamli integratsiya modeli taklif etilgan bo‘lib, model sakkizta o‘zaro bog‘liq bo‘g‘indan tashkil topgan: oliy ta’lim bosqichi, metodik-loyihaviy kompetensiya, raqamli metodik mahsulot, raqamli platformalarni tatbiq etish, maktab bosqichi, amaliy qo‘llash bosqichi, qayta aloqa va takomillashuv bosqichi. Modelning asosiy g‘oyasi — oliy ta’limda bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining metodik-loyihaviy kompetensiyalarini shakllantirish, ular yaratgan raqamli metodik mahsulotlarni umumta’lim maktabi amaliyotiga tatbiq etish va qayta aloqa asosida tizimni uzluksiz takomillashtirishdir. Tezisda raqamli metodik mahsulot tushunchasiga ta’rif berilgan, uning turlari (raqamli metodik modullar, video-metodik darslar, interaktiv mashqlar, sun’iy intellekt asosidagi mashqlar) va didaktik ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqot O‘zbekiston Respublikasining ta’limni raqamlashtirishga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlari, xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy ishlari asosida asoslangan. Taklif etilayotgan model musiqa ta’limi metodik tizimini uzluksiz rivojlantirish, oliy ta’lim va maktab amaliyoti o‘rtasida uzviylikni ta’minlash imkonini beradi.

References

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-martdagi “Ta’lim sifatini oshirish va raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 140-son qarori // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.03.2021 y.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son Farmoni // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2019 y.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022 y.

Abdullin E.B. Musiqa ta’limi metodikasi nazariyasi. – M.: Akademiya, 2019. – 272 b.

Aliyev Y.B. Maktabda musiqa tarbiyasi metodikasi. – M.: Pedagogika, 2018. – 186 b.

Bespalko V.P. Pedagogik tizimlar nazariyasi asoslari. – Voronej: VGU, 2017. – 304 b.

Davronova G. Shaykulov Sh. “Raqamli texnologiyalar asosida oliy va umumiy o‘rta ta’limda musiqa o‘qitishni integrativ loyihalashning zamonaviy metodlari”. Vol. 4 No. 2 (2026): “ILM VAQTI” (SCIENCE TIME) jurnali. 698 bet.

Davronova G.M. Usarova M “Umumta'lim maktablari musiqa darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari” Vol. 4 No. 2 (2026): “ILM VAQTI” (SCIENCE TIME) jurnali.

Mayer R.E. Multimedia Learning. – Cambridge: Cambridge University Press, 2020. – 256 p.

Dede C. Immersive Interfaces for Learning // Educational Technology, 2019. – № 6. – P. 45–62.

Rogers C. Freedom to Learn for the 80's. – Columbus: Merrill, 2018. – 312 p.

Kabalevskiy D.B. Musiqa va shaxs. – M.: Prosveşenie, 2017. – 256 b.

Kuzmina N.V. Pedagogik mahorat asoslari. – SPb.: Piter, 2020. – 324 b.

Qodirov R. Musiqa psixologiyasi. – T.: O‘qituvchi, 2020. – 198 b.

Downloads

Published

2026-04-19