BADIIY TARJIMADA SUKUT VA YASHIRIN MA’NOLARNI YETKAZISH MUAMMOSI

Authors

  • Parpiboyev Abdulloh Rustamjon o’g’li , Umaraliyeva Barchinoy Andijon davlat chet tillari instituti Author

Abstract

Badiiy tarjima tilshunoslik va adabiyotshunoslik kesishgan murakkab ilmiy soha bo‘lib, unda nafaqat matnning yuzaki mazmuni, balki uning chuqur qatlamlari – subtekst, konnotatsiya va yashirin ma’nolarni ham to‘g‘ri yetkazish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, “sukut” fenomeni, ya’ni muallif tomonidan bevosita ifodalanmagan, lekin kontekst orqali anglashiladigan ma’nolarni tarjima qilish jarayoni tarjimon oldida murakkab vazifalarni qo‘yadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, badiiy matn bir nechta semantik qatlamlardan iborat bo‘lib, ular orasida subtekst va kontekst alohida o‘rin tutadi . Mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi badiiy tarjimada sukut va yashirin ma’nolarni yetkazish muammolarini aniqlash hamda ularni tarjimada ifodalash strategiyalarini tahlil qilishdan iborat. Tadqiqot davomida qiyosiy-tahliliy metod, kontekstual tahlil va interpretativ yondashuvlardan foydalanildi. Nazariy asos sifatida zamonaviy tarjimashunoslikda subtekst, pragmatik ma’no va estetik ta’sir tushunchalariga oid ilmiy qarashlar o‘rganildi.

References

Panjiyeva R. “O‘zbek-ingliz badiiy matnlarida madaniy realiyalar tarjimasi muammolari”

Muqimjonova J. “Badiiy tarjimada pragmatik to‘siqlar”

Sobirova D. “Badiiy tarjima muammolari”

Muhiddinova Z. “Ilmiy va badiiy tarjimaning xususiyatlari”

Lingua Spectrum jurnali. “Badiiy matnni tarjima qilishning nazariy asoslari”

Israelova D. “Tarjima san’ati: usullari va muammolari”

InLibrary

Downloads

Published

2026-04-10