BOLALAR O‘RTASIDA QANDLI DIABET KASALLIGINI KELIB CHIQISHINI SABABLARINI O‘RGANISH
Keywords:
Bolalar o‘rtasida orttirilgan 1-toifali qandli diabet kasalligining kelib chiqish sabablarini o‘rganishAbstract
O‘zbekiston Respublikasi Endokrinologiya ilmiy-tadqiqot institutida
o‘tkazilgan tadqiqotlarda qandli diabet bilan kasallanish holatlari 1,88-1,90% oralig‘ida
aniqlangan bo‘lsa, hozirgi tadqiqotlarda O‘zbekistonda qandli diabetning yashirin va
ochiq shakllariga chalinganlarni hisobga olgan holda bu ko‘rsatkich 10 foizga ortgan.
Qandli diabet etiologik jihatdan geterogen bo‘lgan metabolik kasalliklar guruhiga kirib,
sekresiyasi yoki insulin ta’sirining buzilishi yoki bu kasalliklarning kombinatsiyasi
tufayli surunkali giperglikemiya bilan tavsiflanadi. So‘nggi o‘n yilliklarda qandli diabet
1-toifaning tarqalishi, bolalarda qandli diabetning 35,7 foizga (100 ming bolalar
aholisiga 59,4 dan 80,6 gacha), o‘smirlarda 68,9 foizga (100 ming o‘smirga 108,5 dan
183,5 gacha) o‘sgan.