MARKAZIY OSIYO DAVLATLARIDA ADENOVIRUSLI KON’YUKTIVIT EPIDEMIOLOGIYASINING MUAMMOLARI
Keywords:
Ishning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo davlatlarida adenovirusli kon’yuktivitning tarqalishi, kasallikning rivojlanishiga sabab bo‘layotgan omillar va mavjud ekologik muammolarni oldini olish va davolashda innovatsion yondashuv asosida dori vositalarini qo‘llash va uni amaliyotga tadbiq etish.Abstract
Adenovirusli kon’yuktivit – adenoviruslar tufayli yuzaga keladigan, ko‘zni
qoplovchi kon’yuktiva to‘qimalarining yallig‘lanishi bilan kechadigan o‘tkir yuqumli
kasallikdir. Adenovirusli kon’yuktivitning 3 ta asosiy belgisi mavjud. Bular et uvishib,
isitma chiqishi, faringit va yiringsiz follikulli konyuktivitlardir. Bu kasallikni DNK
saqlovchi adenoviruslarning III, V, VII va VIII serotiplari keltirib chiqaradi. Viruslar
nafaqat ko‘zni, shuningdek ichaklar, yuqori nafas yo‘llari va limfoid to‘qimalarni
zararlaydi.
References
Tadqiqot Markaziy Osiyo davlatlarida adenovirusli kon’yuktivitning yuqori
yuqumli xususiyatga ega bo‘lishi, sog‘liqni saqlash tizimadiga tashxislash va
profilaktika bo‘yicha mavjud infratuzilmaviy kamchiliklar fonida kasallikning keng
tarqalishiga olib kelmoqda. Bundan tashqari atrof-muhit foni buzilishi oqibatida allergik
kon’yuktivitlar ham uchrash extimolligi o‘tgan yillarga nisbtan ortgan. Pandemiya
davrida sanitariya qoidalariga amal qilish natijasida kon’yuktivitlarning sezilarli
ravishda pasayganligi ham kuzatilgan.