CHOR ROSSIYASIDA JADIDCHILIK HARAKATI
Keywords:
Jadidchilik, Usul-u Jadid, Ismoil Gaspirali, Chor Rossiyasi, Ma’rifatparvarlik, Zamonaviy ta’lim, Musulmon modernizmi, Tatar jadidchiligi, Markaziy Osiyo islohoti, Milliy uyg‘onish.Abstract
Jadidchilik (Usul-u Jadid) harakati XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda va islom olamining boshqa hududlarida shakllangan muhim madaniy va siyosiy harakatlardan biri hisoblanadi. Bu harakat asosan G‘arb dunyosining modernizatsiya ta’siriga javob sifatida yuzaga kelgan. Unda harbiy, siyosiy, madaniy va iqtisodiy sohalardagi ortda qolish sabablari tahlil qilinib, ularga muqobil yechimlar ishlab chiqishga e’tibor qaratilgan. Harakatning yetakchi namoyandalaridan biri bo‘lgan Ismoil Gaspiralining faoliyati ham shuni ko‘rsatadiki, u yangi ta’lim tizimini rivojlantirish va jamiyatni ma’rifat bilan yuksaltirishni asosiy vazifa sifatida ko‘rgan. Shu maqsadda Usul-i Jadid maktablari tashkil etilib, an’anaviy ta’lim usullaridan farqli ravishda yangicha yondashuv joriy qilingan. Biroq, bu harakat jamiyat ichida turli qarama-qarshiliklarga sabab bo‘lib, ayrim guruhlarning qarshiligiga duch kelgan. Natijada, tashqi va ichki omillar tufayli bu harakat kutilgan natijalarni to‘liq bera olmagan.
References
Qosimov B. (1995). “XX asr boshlarida Turkistondagi Jadidchilik harakatining asosiy xususiyatlari”. Avrasiya Etüdləri Dergisi.
Khalid A. (1998). The Politics of Muslim Cultural Reform: Jadidism in Central Asia. Berkeley, CA: University of California Press.
Devlet N. (1999). Rusya Türklerinin Milli Mücadele Tarihi. Ankara: Türk Tarih Kurumu Yayınları.
Kanlıdere A. (1997). Reform Within Islam: The Tajdid and Jadid Movement Among The Kazan Tatars (1809-1917). İstanbul: Eren Yayıncılık.
Gaspirali I. (1883-1914). Tarjimon gazetasi maqolalari.
Ibrohim Marjas (2002), “Turk dunyosida diniy yangilanish (1850-1917)”, Ötüken Yayınları №535, Madaniyat seriyasi: 231, Istanbul.