AHMAD DONISHNING TA’LIMNI ISLOH QILISHDAGI AMALIY FAOLIYATI

Authors

  • Nusratjon Qodirov Uchqun o‘g‘li O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, xodimi Author

Abstract

XIX asrning ikkinchi yarmida Buxoro madaniyatining taraqqiyparvar arboblari orasida Ahmad Donish yetakchi o‘rinda turadi. Amad Donish 1827-yilda Buxoro shahrida kambag‘al mulla oilasida tug‘iladi.Donish – bu uning adabiy taxallusidir. Boshi kattaligi uchun uning zamondoshlari Ahmad Kalla deb atashgan. Tabiiy va aniq fanlarni yaxshi bilgani uchun uning taxallusi yoniga Muhandis deb laqab ham qo‘yganlar. Uning ota-onasi savodli odamlar bo‘lishib, ammo nochor holda yashashgan. Uning otasi dehqon oilasidan Sug‘ut qishlog‘idan shaharga o‘qishga kelgan va o‘qishni tamomlagandan keyin Buxorodagi masjidlardan birida mullachilik qilgan.

References

A.Aliyev. Ma’naviyat qadriyat va badiiyat, T. 2002-y. 314-bet

F.Hasanov. Ma’naviyat yulduzlari, T. 2011-y. 215-bet

R.Boytullayev, G.Ostonova, Moziy daftaridan sahifalar. T. 2010-y. 121/122b

Downloads

Published

2025-03-15