SUG‘URTA TARIF SIYOSATI VA SUG‘URTA MUKOFOTLARINING IQTISODIY MOHIYATI

Authors

  • Nozimov Eldor Anvarovich Samarqand iqdisodiyod va servis inistituti “Investitsiya va innovatsiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi Author

Keywords:

sug‘urta, sug‘urta tarifi, sug‘urta mukofoti, sug‘urta bozori, risk, sug‘urta fondi, sug‘urta tizimi.

Abstract

Mazkur maqolada sug‘urta tariflari va sug‘urta mukofotlarining iqtisodiy mohiyati, ularning shakllanish mexanizmi hamda sug‘urta tizimidagi o‘rni tahlil qilinadi. Sug‘urta tariflari sug‘urta xizmatlari narxini belgilovchi muhim iqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lib, u risk darajasi, ehtimoliy zarar miqdori va statistik ma’lumotlar asosida aniqlanadi. Shuningdek, sug‘urta mukofoti sug‘urtalanuvchi tomonidan sug‘urta kompaniyasiga to‘lanadigan to‘lov sifatida sug‘urta fondining shakllanishida asosiy manbalardan biri hisoblanadi. Maqolada sug‘urta tariflari va mukofotlarini hisoblash tamoyillari, ularning iqtisodiy ahamiyati hamda sug‘urta bozorini rivojlantirishdagi roli ilmiy jihatdan yoritib berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, sug‘urta tariflari va mukofotlarini to‘g‘ri belgilash sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, risklarni samarali boshqarish va sug‘urta tizimining rivojlanishiga xizmat qilishi asoslab berilgan.

References

O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni.

Abdullayeva Sh. Sug‘urta ishi. Toshkent, 2020.

Vahobov A., Malikov T. Moliya. Toshkent, 2019.

Karimov N. Sug‘urta bozori va uning rivojlanishi. Toshkent, 2021.

Shodmonov Sh. Iqtisodiyot nazariyasi. Toshkent, 2018.

Downloads

Published

2026-04-13