IMOM G‘AZZOLIY QARASHLARIDA BARKAMOL AVLOD TARBIYASINING MAZMUNI VA PEDAGOGIK TALQINI

Authors

  • Isoqova Gulnoz Ulug‘bek qizi Buxoro xalqaro universiteti, magistranti Author

Keywords:

barkamol avlod, farzand, tarbiya, qarash, odob, komillik, ta’limot, ma’naviy, insonparvarlik, ma’naviy fazilatlar, реdagogik, axloqiy, qarash, iymon-е’tiqod, oila,g‘oya.

Abstract

Ushbu maqolada Imom Gʻazzoliyning barkamol avlod tarbiyasiga oid qarashlari chuqur ilmiy va falsafiy-pedagogik tahlil asosida yoritiladi. Tadqiqotda allomaning inson kamoloti haqidagi qarashlari yaxlit tizim sifatida talqin etilib, unda axloqiy poklanish, ma’naviy yetuklik va aqliy taraqqiyot o‘zaro uyg‘un jarayon sifatida asoslab beriladi. Gʻazzoliy ta’limotida tarbiyaning asosiy maqsadi nafsni poklash, qalbni sayqallash hamda ilm orqali komillikka erishishdan iborat ekani ilmiy dalillar asosida ochib beriladi.

Maqolada barkamol shaxsni shakllantirishda oila, ustoz va jamiyatning o‘rni o‘zaro bog‘liqlikda tahlil qilinib, tarbiya jarayonining uzluksizligi, izchilligi va maqsadga yo‘naltirilganligi pedagogik jihatdan asoslanadi. Shuningdek, Gʻazzoliy qarashlarining zamonaviy pedagogik konsepsiyalar bilan uyg‘unligi va dolzarbligi komparativ tahlil orqali yoritiladi. Tadqiqot natijasida allomaning boy ilmiy-merosiy qarashlari bugungi kunda barkamol, ma’naviy yetuk va ijtimoiy faol shaxsni tarbiyalashda muhim nazariy va metodologik manba bo‘lib xizmat qilishi xulosa qilinadi.

References

Shavkat Miromonovich Mirziyoyev “ Erkin va farovon, demokratik Oʻzbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz“. Toshkent ,2016.

Isoqova Gulnoz Ulug’bek qizi Imom G‘azzoliy farzand tarbiyasiga oid qarashlarini o’rganishning ilmiy-nazariy asoslari. Buxoro xalqaro universiteti ilmiy axborotnomasi ISSN 3030-3710(P) ISSN 3030-3095(E) N 9,2025

Abdurahmonov, A. (2015). Abu Homid G'azzoliy va uning axloqiy qarashlari. Toshkent: "O‘zbekiston" nashriyoti

G'azzoliy, A. H. (2006). Ihyo' ulum ad-din (Din ilmlarini yoqtirish). Toshkent: "O‘qituvchi" nashriyoti.

Abu Homid G’azzoliy “Ey farzand”/Toshkent: ”Book Media Shop” MCHJ qoshidagi Munir nashriyoti,2021.-96b

www.ziyouz.com

https://www.ziyonet.uz/

Downloads

Published

2026-04-02