OILA PSIXOLOGIYASI
Keywords:
oila, nikoh, ijtimoiy institut, sotsializatsiya, ajrim, stress, tarbiya, er-xotin munosabatlari, ijtimoiy muhit, inqirozli oilaAbstract
Mazkur ilmiy ishda oila va nikoh tushunchalarining mazmun-mohiyati, ularning o‘zaro farqli jihatlari hamda tarixiy shakllanish bosqichlari keng tahlil etilgan. Shuningdek, oilaning jamiyatdagi ijtimoiy institut sifatidagi o‘rni, uning asosiy funksiyalari, zamonaviy davrda yuz berayotgan o‘zgarishlar, xususan, ayollarning ijtimoiy faolligining ortishi, oilaviy rollarning transformatsiyasi va bu jarayonlarning oila barqarorligiga ta’siri yoritilgan. Ishda er-xotin munosabatlarida yuzaga keladigan stress omillari, ajrimlarning sabablari va ularning shaxs hamda jamiyat hayotiga salbiy ta’siri chuqur tahlil qilinadi. Bundan tashqari, oilaning tarbiyaviy vazifasi, bolalarning ijtimoiylashuvi jarayonida oilaning roli hamda inqirozli oilalarga psixologik-pedagogik yordam ko‘rsatish yo‘llari ilmiy asosda bayon etilgan.
References
Xarchev A.G. - Oila va nikoh psixologiyasi
Baxoven I. - “Onalik huquqi”
Morgan L. - “Qadimgi jamiyat”
Golod S. - Oila sotsiologiyasi bo‘yicha tadqiqotlar
Antonov A. - Zamonaviy oila muammolari
Davila J. - Oilaviy stress tadqiqotlari